Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shaharda noqonuniy tarzda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.S. fuqaro J.X.ga 10 170 AQSh dollarini 129,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.D. fuqaro X.A.ga 3 200 AQSh dollarini 40,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 6 350 AQSh dollari, 42 300 Rossiya rubli, 40 Tojikiston somoniysi va 8,6 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 00:00 28.09.2024. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!