Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ma’lum bo‘lishicha, ushbu yo‘lning umumiy uzunligi 282 km, bo‘ladi. Loyiha doirasida 12 ta transport yechimi, 91 ta ko‘prik va 16 ta yo‘l o‘tkazgich qurilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi yo‘l eng yuqori Ia toifali magistral bo‘ladi. Yo‘lda sement-beton qoplamali oltita harakat tasmasi barpo etiladi. Yo‘lning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometr etib belgilanadi, deyiladi taqdimotda.
Yangi avtomagistralni besh yil ichida qurish rejalashtirilgan.