Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkent va Navoiyda qariyb 2 milliard so‘mlik noqonuniy tilla olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent va Navoiyda qariyb 2 milliard so‘mlik noqonuniy tilla olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent va Navoiyda qariyb 2 mlrd so‘mlik taqinchoq va tilla quymalar noqonuniy olib kirilishi oldi olindi.

Tezkor tadbirlar davomida:

Toshkent aeroportida Abu-Dabidan kelgan yo‘lovchi 610 mln so‘mlik, 226 grammlik zargarlik buyumlarini boshqa yo‘lovchilar orqali olib kirmoqchi bo‘lgan paytda ushlandi;

Navoiyda esa piyoda chegaradan o‘tayotgan fuqaroning tanasidan 1 kg dan ortiq — 1 mlrd 312 mln so‘mlik quyma tillalar topildi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov boshlandi.

Kiritildi: 19:16 06.05.2025. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!