Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.J. Bekobod shahri, 14-dahasidagi xonadonida umumiy bahosi 154,8 mln so‘mlik aksiz markasiz 6 700 quti tamaki va 236 quti elektron tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.X. va boshqalar fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 5 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini 60 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:00 13.10.2025. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!