Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent tumanida 917 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlar va dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent tumanida 917 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlar va dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan U.A. “Qizg‘aldoq” MFY hududidagi qurilishi tugallanmagan binoda xorijda ishlab chiqarilgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 917 mln so‘mlik 4 500 dona tibbiy buyumlarni hamda 97 quti “Protamine Sulphate Injection” nomli dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:51 24.04.2025. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!