Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkent tumanida 268 mln so‘mlik ichimlik suvi o‘g‘irlandi

Toshkent tumanida 268 mln so‘mlik ichimlik suvi o‘g‘irlandi

Toshkent tumanida katta miqdorda ichimlik suvdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan. Unda Toshkent tumanidagi MCHJlardan birining rahbari N.I. MCHJga qarashli issiqxonada markazlashgan ichimlik suv ta’minoti tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulangani fosh etilgan.

Buning oqibatida 267,9 mln so‘mlik ichimlik suvdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:57 14.06.2024. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!