Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yirik suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi. Shu sababli 14 sentyabrdan 22 oktyabrgacha poytaxtning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha cheklanadi.
Bu haqda «Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ishlar davrida ayrim hududlarda suv bosimi pasayishi yoki suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Qozonxonalarda suv ta’minoti to‘xtatilishi sababli ayrim joylarda issiq va ichimlik suvi bir vaqtda o‘chishi ham mumkin. Suv bo‘lmaydigan hududlarga maxsus suv tashuvchi avtomashinalar yuboriladi.
21–22 sentyabr
21 sentyabr soat 09:00 dan 22 sentyabr soat 14:00 gacha Chilonzor, Sergeli va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida suv ta’minoti cheklanadi.
Chilonzor tumanida: «Chilonzor», «1-Katta Chilonzor», «2-Katta Chilonzor», «Katta Qozirabod» mahallalari, shuningdek, ayrim tibbiyot muassasalari, maktab va bog‘chalar.
Sergeli tumanida: «Oltin vodiy», «No‘g‘ayqo‘rg‘on» va «Qubaytepa» mahallalari.
Yakkasaroy tumanida: «Yakkasaroy», «Meros», «Muqimiy», «To‘qimachi», «Dilbuloq», «Muhandislar» va «Rakat» mahallalari hamda ayrim tibbiyot va davlat muassasalari.
23–24 sentyabr
23 sentyabr soat 09:00 dan 24 sentyabr soat 14:00 gacha Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida suv ta’minoti cheklanadi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida: «Bahor», «Alpomish», «Bog‘i maydon», «Bo‘z-2», «Lashkarbegi», «Navnihol», «Nodirabegim», «Oliyhimmat», «Sayram», «Sho‘rtepa», «Shahriobod», «Habib Abdullayev» va «Olimlar» mahallalari hamda ayrim ijtimoiy ob’ektlar.
Yunusobod tumanida: ToshGRES shaharchasi, Yunusobod-4, Yunusobod-6, Yunusobod-11 va Yunusobod-12-mavzelari, shuningdek, qator mahallalar.
Keyingi bosqichlarda suv ta’minoti quyidagi hududlarda vaqtincha cheklanadi:
28–29 sentyabr — Yunusobod va Olmazor tumanlari;
5–6 oktyabr — Yunusobod, Shayxontohur va Chilonzor tumanlari;
7–8 oktyabr — Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Bektemir, Sergeli, Mirobod va Yangihayot tumanlari;
12–13 oktyabr — Yunusobod tumani;
14–15 oktyabr — Olmazor, Shayxontohur va Uchtepa tumanlari;
19–20 oktyabr — Yunusobod tumani;
21–22 oktyabr — Chilonzor tumanining ayrim mahallalari, maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalari.
Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.