Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent shahrida YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi

Toshkent shahrida YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi

Motosiklchi qiz ushbu poyga aks etgan videoni 11-iyul kuni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan. Videoda ko‘rinishicha, holat poytaxtning markazidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida yuz bergan.

Mototsiklchining tablosiga qaralsa, ikkala tomon ham soatiga 100 km tezlikda harakatlangani ko‘rinadi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudoyberganov munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, mototsikl haydovchisining hujjatlarida kamchilik bo‘lgan. Haydovchi ayol kishi bo‘lganligi uchun uning o‘zi mototsiklni jarima maydoniga haydab olib borgani, keyin esa YPX inspektori tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani aytilgan.

Ammo Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsiklchi bilan poyga o‘ynaganiga izoh bermagan.

Kiritildi: 14:26 12.07.2025. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!