Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahrida narkosavdogar oila a’zolaridan 8 kg giyohvandlik vositasi olindi

Toshkent shahrida narkosavdogar oila a’zolaridan 8 kg giyohvandlik vositasi olindi

🚨 Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Tojikiston Respublikasidan giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilib, poytaxtimizda sotish bilan shug‘ullanib kelgan oila a’zolari qo‘lga olindi.

🚗 Xususan, Toshkent viloyatida “Ohangaron – Piskent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, oldindan kuzatuvga olingan “EQUINOX” rusumli avtotransport vositasi tekshirish maqsadida to‘xtatildi.

📇 Natijada, avtomashinada bo‘lgan Toshkent shahrida yashovchi, 1976 y.t. ayol va uning 1999 y.t. o‘g‘li – tojikistonlik tanishlari tomonidan kontrabanda yo‘li bilan Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilib, xufiya joyda qoldirilgan giyohvandlik vositasini olib ketish uchun ketayotganliklari ma’lum bo‘ldi.

📍 So‘ngra ularning uyali aloqa vositalari tekshirilganida, tojikistonlik shaxs tomonidan “Telegram” messenjeri orqali narkotik moddaning geolokasiyasi va fotosuratlari yuborilganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda Piskent tumani hududidagi yo‘l chetiga yashirib ketilgan 4 kg 985 gr “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

🏘 Shuningdek, ularning Olmazor tumanidagi yashash xonadonidan ham 1 kg 124 gr “opiy” va 1 kg 976 gr “gashish” moddalari olindi.

Bundan tashqari, ayolning – 1996 y.t., muqaddam sudlangan o‘g‘li ham prosessual tartibda ushlandi.

⚖️ Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

🔍 Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:12 19.11.2025. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!