Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent shahrida mavsumiy gul ekish uchun 10 mlrd so‘m ajratildi

Toshkent shahrida mavsumiy gul ekish uchun 10 mlrd so‘m ajratildi

Mazkur mablag‘ 2025 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha davlat byudjeti daromadlarining oshirib bajarilishidan mahalliy byudjetga yo‘naltirilgan qismi hisobidan qoplanadi.

Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi 29 sentyabr kuni shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlar hamda tuman obodonlashtirish boshqarmalariga mavsumiy gul ko‘chatlarini ekish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun 10 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Hujjatga ko‘ra, mablag‘ning 1,82 mlrd so‘mi turli obodonlashtirish boshqarmalariga, qolgan 8,18 mlrd so‘m esa tumanlar kesimida taqsimlanadi.

Photo 2025 10 02 12 32 57

Obodonlashtirish boshqarmalari orasida eng katta mablag‘ – 815 million so‘m markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasiga ajratilgan. Shuningdek, ahamiyatga molik ko‘chalarni obodonlashtirish boshqarmasiga 748 million, Hukumat ob’ektlariga xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga 190 million va Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga 67 million so‘m beriladi.

Shu tariqa, shahar va tumanlar miqyosida mavsumiy gul ko‘chatlari ekish, maydonlar va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlariga zarur mablag‘ ajratilishi ta’minlanmoqda.

Ma’lumot uchun, 2024 yil aprel oyida ham Toshkent shahri hokimi tomonidan gul ko‘chatlari xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 7,92 mlrd so‘m ajratilgan edi.

Kiritildi: 14:19 02.10.2025. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!