Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi

Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi

Prezidentning «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori (PQ–48-son, 05.02.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va tutash hududlarni obodonlashtirish yo‘nalishida markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investisiya loyihalarini saralash va amalga oshirishda quyidagi tartib o‘rnatiladi:

  • loyiha takliflari Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarida muhokama qilinishi va faqatgina ularning qarori bilan ma’qullangandan keyin amalga oshirilishi shart;
  • shakllantirilgan loyiha takliflari bo‘yicha loyihaoldi tadqiqotlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari, loyiha tashkilotlari bilan birgalikda har bir hududning xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘tkaziladi;
  • Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning tutash hududidagi barcha daraxt va butalar boshqaruvchilar tomonidan xatlovdan o‘tkazilib, ma’lumotlar «Mening uyim» axborot billing tizimida aks ettirib boriladi.

Ko‘p kvartirali uylardagi markazlashgan ichimlik suvi iste’molchilariga daraxt va butalarni sug‘orish ishlarini hisoblagichlar o‘rnatgan holda sutkaning har qanday vaqtida amalga oshirishga ruxsat beriladi.

2026 yil 1 iyuldan boshlab:

  • Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylarda umumiy yig‘ilish o‘tkazishni tashabbus qilish, o‘tkazish va qaror qabul qilish, shartnomalarni tuzish, boshqaruvchilar tomonidan murojaatlarni qabul qilish va ularni ko‘rib chiqish faqat «Mening uyim» ABTda amalga oshiriladi, 2027 yildan boshlab mazkur tartib respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi;
  • majburiy to‘lovlar va ko‘p kvartirali uylarda umumiy mol-mulkni ijaraga va foydalanishga berishdan tushadigan to‘lovlar hisobi faqat «Mening uyim» ABT orqali yuritiladi.

Qarorga ko‘ra:

  • Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘linmalaridagi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi kiritildi.
  • Ushbu yangi lavozim egasiga mazkur qarorga muvofiq bosh muhandislarga berilgan barcha huquq va vakolatlar tatbiq etiladi.
  • Yangi rahbarlik shtati poytaxtdagi ko‘p kvartirali uylarni ekspluatasiya qilish, muhandislik tarmoqlarini ta’mirlash va aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Kiritildi: 21:28 07.02.2026. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!