Bugun 7 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya AQSh taklifini rad etdi

Rossiya AQSh taklifini rad etdi

Moskva Vashingtonning Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun Zaporejye atom elektr stansiyasini (ZAES) AQSh nazoratiga o‘tkazish taklifiga qarshi chiqdi.

Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika taklifi AQShning Zaporojye atom elektr stansiyasini nazorat qilishini va ishlab chiqarilgan energiyani Rossiya va Ukraina o‘rtasida teng taqsimlashini nazarda tutadi. Manbalarning ta’kidlashicha, Moskva stansiya Rossiya nazorati ostida qolishini talab qilmoqda. Kiyev bu taklifni qabul qilib bo‘lmaydigan deb hisoblaydi.

Reuters manbalariga ko‘ra, hududiy masala ham hal qilinmagan. Ukraina tomoni tinchlik shartnomasi shartlarini, jumladan, hududiy bandni referendumga qo‘ymoqchi.

Kiritildi: Bugun 16:45. O'qildi: 1307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!