AQSh Moliya vaziri Skott Bessent Prezident Donald Tramp dam olish kunlari Federal Rezerv raisi lavozimiga nomzodi Kevin Uorshni agar foiz stavkalarini pasaytirmasa, sudga berishi mumkinligini aytganida hazillashganini ta’kidladi.
Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bir kun oldin Bessent Senat Bank qo‘mitasi tinglovida senator Elizabet Uorrenning savoliga javob berar ekan, CNBC telekanaliga Trampning Vashingtondagi kechki ovqatda aytgan so‘zlari aniq hazil niyatida bo‘lganini aytdi.