Bugun 7 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq mojaro ortidan Saudiya Arabistoni chempionati milliardlab mablag‘ni yo‘qotdi

Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq mojaro ortidan Saudiya Arabistoni chempionati milliardlab mablag‘ni yo‘qotdi

Yirik xalqaro translyasiya kompaniyasi FOX Sports Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat fonida Saudiya Arabistoni Pro-ligasi o‘yinlarini namoyish etishdan voz kechdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday qaror Krishtianu Ronalduning kelajagi va uning Saudiya Arabistoni chempionatidagi ishtiroki bilan bog‘liq davom etayotgan beqaror vaziyat sabab qabul qilingan.

Qayd etilishicha, FOX Sports’ning hamkorlikdan voz kechishi liganing global media va tijoriy rejalariga jiddiy zarba bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, xalqaro translyasiya huquqlari va marketing loyihalari bilan bog‘liq umumiy yo‘qotishlar 2,4 milliard dollargacha yetishi mumkin.

Shuningdek, vujudga kelgan holat so‘nggi yillarda jahon futbolining yulduzlarini jalb etish va yirik media-hamkorlar orqali faol tarzda targ‘ib qilingan chempionatning xalqaro imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:32. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!