Polsha Rossiya havo kuchlarining Ukrainadagi harakatlari tufayli harbiy aviasiyani joylashtirdi.
Xabarda aytilishicha, bu haqda Polsha havo kuchlari operasion qo‘mondonligi ijtimoiy tarmoqlarda xabar bergan.
"Operasion qo‘mondonlik... o‘z ixtiyoridagi zarur kuch va resurslarni safarbar qildi. Yer usti havo mudofaasi va radar razvedka tizimlari tayyorgarlik holatiga keltirildi", deyiladi bayonotda.
Unda Polshaning harakatlari profilaktika maqsadida va "ayniqsa, tahdid kuchaygan hududlarga tutash hududlarda" xavfsizlikni ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlangan.