Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron AQShning ayrim shartlarini rad etdi

Eron AQShning ayrim shartlarini rad etdi

Eron Ummonning Maskat shahrida Qo‘shma Shtatlar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarning hozirgi bosqichida uranni "nol" darajada boyitish talabini rad etdi.

Bu haqda Eronning Mehr axborot agentligi xabar berdi.

Tomonlar mavjud uran zaxiralarini boyitish darajasini pasaytirishga e’tibor qaratishdi.

Muzokaralardagi muhit ikki tomon o‘rtasidagi avvalgi muloqot bosqichlariga qaraganda "jiddiyroq" bo‘lgani aytildi.

Eron delegasiyasiga Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi, Amerika delegasiyasiga esa AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoff boshchilik qildi.

Kiritildi: 08:00 07.02.2026. O'qildi: 3689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!