Kechadan boshlab hududimizga nisbatan sovuq havo oqimi kirib kelishi boshlandi. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida shamol deyarli kuzatilmayapti. Xususan, kechasi (+3…+5°C) va kunduzi (+11…+15°C) orasidagi keskin havo farqi ertalabki tuman va havo inversiyasini shakllantirishga sabab bo‘ldi. Ayni damda shahar nisbatan salqin havo massasi ta’siri ostida bo‘lib turibdi, yog‘ingarchilik kutilmayapti.
Ushbu meteorologik omillar ta’sirida atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida havo almashinishi sekinlashdi, bu esa ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini cheklamoqda. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atmosfera havosida mayda dispers zarrachalar (PM2.5 va PM10) konsentrasiyasining oshishi kuzatilmoqda.
Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra, ertadan boshlab kutilgan yog‘ingarchiliklar havo sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib keladi.