Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni tikladi

Tramp Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni tikladi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2026 yil 12 martgacha kemalarga yuklangan Rossiya nefti va neft mahsulotlarini qonuniy sotish imkonini beruvchi sanksiyalarning vaqtinchalik yumshatilishini uzaytirmadi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Shu tariqa Rossiya neftiga qo‘yilgan sanksiyalar 11 apreldan qayta tiklandi. Yumshatish choralari Yaqin Sharqdagi urush boshlanganidan keyin energetika bozorlaridagi vaziyat keskin yomonlashishi fonida joriy etilgan edi. Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishi jahon neft eksportining kuniga taxminan 13 million barrelga qisqarishiga va bir barrel narxi 100 dollardan oshishiga olib keldi.

The New York Times nashrining aniqlik kiritishicha, Eron neftini sotishga berilgan qisqa muddatli ruxsatnoma muddati 19 aprelda tugaydi. AQSh Moliya vazirligi uning amal qilish muddatini uzaytirmoqchi emas.

Rossiya Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlab dollar ishlab topdi.

Xalqaro energetika agentligining (XEA) oylik hisobotiga ko‘ra, Rossiyaning neft va neft mahsulotlari eksportidan olgan daromadi 2026 yil mart oyida 19 milliard dollargacha ko‘tarildi. Taqqoslash uchun bu fevral oyidagidan 9,3 milliardga va 2025 yilning martiga nisbatan 4,8 milliard dollarga ko‘pdir.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!