Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Trampdan yana bir tanqid

Trampdan yana bir tanqid

AQSh Prezidenti Donald Tramp Rim papasi Levning Eronga qarshi urush va qattiq migrasiya siyosatini tanqid qilganiga javoban pontifikni yana bir bor keskin aybladi.

U o‘zining "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘ida papani Erondagi namoyishchilarning o‘ldirilishi va Tehronning yadroviy ambisiyalariga e’tibor qaratishga chaqirib, uni tashqi siyosatda "kuchsiz" deb atadi.

Vatikan esa o‘z navbatida Trampning Eron sivilizasiyasini yo‘q qilish haqidagi tahdidlarini qabul qilib bo‘lmas deb baholadi. Papa Lev AQSh va Isroilning zarbalari natijasida minglab odamlar halok bo‘lgani va millionlab insonlar uyini tark etgani fonida, urush olovlantirayotganlarning "qo‘li qonga botganini" va Xudo ularning duolarini ijobat qilmasligini aytgan.

Kiritildi: 13:15 15.04.2026. O'qildi: 4074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!