Mazkur ziddiyat Jorja Meloni Donald Tramp tanqid qilgan Rim papasi Lev XIV'ni qo‘llab-quvvatlashi ortidan yuzaga keldi.
"Turli asossiz bayonotlar, xususan, Rim papasi sha’niga aytilgan gaplar qabul qilib bo‘lmaydigan darajada deb hisoblayman. Men papa bilan birdamligimni bildiraman va shunday qilishda davom etaman", — dedi Italiya hukumati rahbari.
Shundan so‘ng Tramp Corriera della Sera nashriga bergan intervyusida Melonini ham tanqid qildi.
"Aslida uning o‘zini qabul qilib bo‘lmaydi, chunki Eronning yadro quroliga ega bo‘lish-bo‘lmasligi unga baribir. Tehron esa, agar imkoniyati bo‘lsa, Italiyani ikki daqiqa ichida portlatib yuboradi", — dedi AQSh prezidenti.
Shuningdek, u Melonini Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlashni istamayotganlikda ayblab, tanqid qildi.
"Davlatingiz rahbari neft olish uchun uchun hech narsa qilmayotgani sizlarga yoqyaptimi? Bu italiyaliklarga yoqadimi? Men buni tasavvur ham qila olmayman. Men bundan shokdaman. Unda jasorat bor deb o‘ylagandim, adashgan ekanman", — dedi Oq uy rahbari.
Shu bilan birga, Tramp Meloni bilan juda uzoq vaqtdan beri gaplashmaganini aytdi.
"Chunki Meloni bizga NATO doirasida yordam berishni xohlamaydi, Eronni yadro qurolidan xalos qilishimizda yordam berishni istamaydi", — deya qo‘shimcha qildi Qo‘shma Shtatlar ywtakchisi.