Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahar IIBB haj va umra ziyoratlari bilan bog‘liq firibgarliklardan ogohlantirdi

Toshkent shahar IIBB haj va umra ziyoratlari bilan bog‘liq firibgarliklardan ogohlantirdi

Toshkent shahar IIBB fuqarolarni haj va umra ziyoratlari bilan bog‘liq firibgarliklardan ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, targ‘ibot tadbirlariga qaramay, fuqarolarning firibgarlarga ishonib qolgan holatlari kuzatilgan. Haj va umra tadbirlarini noqonuniy tarzda tashkil etayotganlarga nisbatan esa tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Haj safarlari faqat davlat tomonidan belgilangan tartib asosida tashkil etiladi. Umra ziyoratiga yuborishda esa maxsus lisenziyaga ega bo‘lgan rasmiy turfirmalargina ishtirok etishi mumkin.

Tasodifiy shaxslarga, ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali e’lonlarga ishonmaslik, ziyorat safarlariga oid barcha ma’lumotlarni rasmiy manbalar orqali olish tavsiya qilindi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyani qo‘lga kiritgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilingan.

Kiritildi: 23:47 05.01.2026. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!