Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mahkumdan ikkita iPhone 17 talab qilgan koloniya xodimi qo‘lga olindi

Mahkumdan ikkita iPhone 17 talab qilgan koloniya xodimi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida mahkumdan ikkita iPhone qurilmasini talab qilgan jazoni ijro etish koloniyasi xodimi qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Chirchiq shahrida joylashgan 13-sonli jazoni ijro etish koloniyasi Tarbiyaviy ishlar bo‘limi katta inspektori ijtimoiy xodimi mahkumlardan birining yaqin qarindoshlariga xatlarini yetkazish, jazo muddatini o‘tash davomida yaxshi sharoit yaratib berish evaziga ikki dona iPhone 17 olib berishni talab qilgan.

Mahkum holat yuzasidan IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga ariza bergan.

Jazoni ijro etish koloniyasi xodimi kafeda mahkumning akasi bilan ko‘rishib, undan iPhone qurilmalari o‘rniga 3,5 ming dollar berishi mumkinligini aytgan. Pulni esa xodimning sinfdoshi olib ketishiga kelishilgan.

Xodimning sinfdoshi jabrlanuvchining oldiga kelib, talab qilingan pullarni olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan. Shuningdek, 13-sonli jazoni ijro etish koloniyasi Tarbiyaviy ishlar bo‘limi katta inspektori ijtimoiy xodimi ham ushlangan. Uning mashinasi salonidan esa mahkum tomonidan yozilgan xatlar topilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi, 211-modda (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!