«Uzbekistan Airways» AJ 2020 yil 17 va 27 sentyabr kunlari Toshkent — Nyu-York — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarni amalga oshiradi, deya xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati.
Parvozlar quyidagi ko‘rsatilgan yo‘nalishda amalga oshiriladi (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):
Toshkent —Nyu-York, Toshkentdan ketish vaqti — soat 06:45, Nyu-Yorkka qo‘nish vaqti — soat 10:55
Nyu-York — Toshkent, Nyu-Yorkdan ketish vaqti — soat 12:55, Toshkentga qo‘nish vaqti — soat 09:55 +1.
Toshkent — Nyu-York qatnovlariga aviachiptalarni aviakompaniyaning «Uzbekistan Airways sales» filialida va rasmiy veb-saytida (shu jumladan, AO mobil ilovasi orqali) hamda «Uzbekistan Airways» tashuvlarini sotish agentliklari ofislaridan sotib olish mumkin.
Nyu-York — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni sotib olish uchun O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat etish lozim, deyiladi xabarda.