Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi kechiktirildi

Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi kechiktirildi

HY601/602 reysi jadvalida o‘zgarish: Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi kechiktirildi.

“Toshkent – Moskva (Domodedovo) – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yil 7-may sanasiga belgilangan HY601/602 reysi o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, parvozning kechiktirilishiga samolyotning kechikib yetib kelgani sabab bo‘lgan.

Yangi jadvalga ko‘ra:

HY601 reysi Toshkentdan 7-may kuni soat 22:40 da jo‘naydi va Moskvaning Domodedovo ayeroportiga 8-may kuni soat 00:50 da (mahalliy vaqt) yetib boradi.

HY602 reysi esa Domodedovodan 8-may kuni soat 02:00 da jo‘nab, Toshkentga soat 07:45 da (mahalliy vaqt) yetib keladi.

Aviakompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Kiritildi: 20:19 07.05.2025. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!