Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkent metrosidagi shahvoniy shilqimlik uchun qamoq jazosi tayinlandi

Toshkent metrosidagi shahvoniy shilqimlik uchun qamoq jazosi tayinlandi

2025 yil 20 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida notanish ayolga tegajog‘lik qilgan yigitga jazo tayinlandi. Bu haqda Uznews.uz xabar berdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi yigit 2025 yil 16 may kuni soat 10:10 larda Shayxontohur tumanida joylashgan Paxtakor metro bekati ichida ya’ni, Paxtakor bekatidan Xalqlar Do‘stligi bekatiga ketayotgan vaqtida ayol SH.A. ga nisbatan nomaqbul bo‘lgan hamda shahvoniy xislatga ega bo‘lgan shahvoniy shilqimlik qilgan.

Sud majlisida huquqbuzar yigit aybiga iqrorlik bildirib, metroda shaxsi unga keyinchalik ma’lum bo‘lgan SH.A.ga nisbatan tegajog‘lik qilib, uning beldan past qismini ushlab shilqimlik qilganligini, hozirda sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bu kabi harakatlarni boshqa sodir etmasligini bayon qilgan.

Sud qarori bilan yigitga MJtKning 41-1-moddasi 1-qismiga asosan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 09:27 21.05.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!