Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Endi mehmonxonalarga hujjatsiz kirish mumkin

Endi mehmonxonalarga hujjatsiz kirish mumkin

Mahalliy fuqarolar mehmonxonalarda joy band qilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi talab qilinmaydi. Bu haqda przidentning tegishli farmonida ma’lum qilindi.

Yagona milliy turizm platformasi orqali mehmonxonada joy band qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatmasdan, MyID tizimida identifikasiyadan o‘tishi yetarli bo‘ladi.

Platforma orqali ishlaydigan mehmonxonalar mehmonlarni QR-kod yoki yuzni tanish texnologiyalari orqali identifikasiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur platforma 2025 yil 1-sentabrdan test rejimida ishga tushiriladi. Unda turar joy band qilishdan tashqari avtomobil ijarasi, taksi chaqirish, transport chiptalari, muzey va attraksionlarga kirish, gid va ekskursovod xizmatlari kabi turizmga oid barcha xizmatlar bir joyda taqdim etiladi.

Kiritildi: 11:45 22.05.2025. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!