1985 yili Sergey Krasnopyorov harbiy mojaro paytida asirga tushgan. Bundan avval u hamkasblari bilan janjallashib, qismdan o‘zboshimchalik bilan chiqib ketgan.
Shundan so‘ng u Afg‘onistonda qolib ketib, Nurmomad ismini oldi, islomni qabul qildi, mahalliy ayolga uylandi va olti nafar farzandli bo‘ldi.
60 yoshga kirgan Nurmomad hozirda mahalliy elektr stansiyasida ishlaydi va yo‘l qurilishi bilan shug‘ullanadi. U 40 yil davomida onasi va yaqinlarini ko‘rmagan. Nihoyat, ular bilan uchrashish uchun Rossiyaga qaytdi.