Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Firibgar kelinning siri fosh bo‘ldi

Firibgar kelinning siri fosh bo‘ldi

Hindistonda 23 yoshli Anuradxu Pasvan nikohda firibgarlik sodir etganlikda gumonlanib hibsga olindi. U yetti oy ichida turli shtatlarda 25 erkakka turmushga chiqdi, deb yozadi The Economic Times.

Ko‘plab firibgarlik holatlarida ishtirok etgan kelin “jonli tuzoq” usulida qo‘lga olindi – polisiyachilardan biri boshqa kuyov rolini o‘ynagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan Pasvan boshqa shaharga ko‘chib o‘tgan va jinoiy guruhga qo‘shilgan. U WhatsApp kabi turli platformalar orqali ishlaydigan agentliklar orqali harakat qilgan. Bunday agentliklar erkaklar uchun kelinlarni topishga va’da berishadi.

Pasvanning kelin bo‘lish sxemasi oddiy edi: u turmushga chiqib, bir necha kundan keyin pul, tilla taqinchoqlar, maishiy texnikalarni olib qochib ketardi.

Firibgarlik sxemasi 3 may kuni Vishnu Sharma ismli fuqaroning shikoyatidan so‘ng fosh etildi. Pasvan unga 20 aprel kuni turmushga chiqdi va 2 may kuni u uydan qimmatbaho narsalarni olib, g‘oyib bo‘ldi.

Kiritildi: 18:07 22.05.2025. O'qildi: 1179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!