"Umid qilamanki, bu zalda hali ham qandaydir mo‘’jizaga, Ukrainaga tinchlik, 1991 yoki 2022 yil chegaralarini olib keladigan va shundan so‘ng katta baxt keltiradigan oqqushga umid qilayotgan odamlar yo‘q. Mening shaxsiy fikrimcha, dushman hududimizga zarba berish va alohida hujum harakatlarini amalga oshirish uchun resurslar, kuch va vositalarga ega ekan, urush davom etaveradi," - dedi Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi.
Uning aytishicha, Rossiyaning urush olib borish qobiliyati, avvalo, unda bu urushni davom ettirish uchun resurslar mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. U ta’kidlaganidek, 2023 yil oxiridan boshlab Rossiya holdan toydirish urushini olib bormoqda.
Zalujniyning fikricha, urushda g‘alaba qozonishning yagona yo‘li - bu Rossiyaning urush olib borish qobiliyatini butunlay yo‘q qilishdir.