Prezident qaroriga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan Toshkent metrosida yo‘l haqi bosib o‘tilgan masofa yoki bekatlar soniga qarab hisoblanadi.
Shuningdek:
➖ kunlik, haftalik va oylik abonementlar joriy etiladi;
➖ ayrim toifalar uchun imtiyozlar saqlanib qoladi;
➖ metro bekatlari oldida “Park & Ride” avtoturargohlari tashkil qilinadi;
➖ 2028 yilgacha bekatlarda vending apparatlari va kichik savdo nuqtalari paydo bo‘ladi;
➖ 2030 yilgacha metro liniyalari 103 kmgacha, bekatlar soni 79 taga yetkaziladi.
Poyezdlar harakat intervali esa 2–3 daqiqagacha qisqartirilishi rejalashtirilgan.