Toshkent metro bekatlarida navbatdagi poyezdning qancha vaqtdan keyin kelishini ko‘rsatuvchi elektron tablolar paydo bo‘ladi. Hozirdagi soatlar esa oxirgi poyezd jo‘nab ketganidan beri qancha vaqt o‘tganini ko‘rsatadi. Yangi tizim yo‘lovchilarga kutish vaqtini aniqroq hisoblashga yordam beradi.