Internetda O‘zbekistonda "bokiralik kapsulalari"ni sotish, yetkazib berish va buyurtma qilish, shuningdek, jarrohlik yo‘li bilan bokiralikni tiklash uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ushbu ma’lumotlarni rad etdi.
"Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bunday qonun loyihasi mavjud emas. U ko‘rib chiqish uchun kiritilmagan va muhokama qilinmayapti" — deyiladi rasmiy xabarda.