Eronning IRINN davlat telekanali efirida Yevropa mamlakatlari va Ukraina shaharlariga ehtimoliy raketa zarbalarini aks ettiruvchi xarita namoyish etildi.
Bu haqda «Voyennaya xronika» Telegram kanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, xaritada ehtimoliy nishonlar qatorida Ukrainaning Kiyev, Odessa va Lvov shaharlari ham ko‘rsatilgan.
Efirga uzatilgan tasvirda fors tilida quyidagi yozuv ham joylashtirilgan:
«Raketalarimiz Yevropaga yetib boradi. Biz amerikalik imperialistlar va ularning ittifoqchilarini yo‘q qilamiz».