Tramp Vensning kelgusi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga shubha bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp vise-prezident Jey Di Vens kelgusi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surmasligi ham mumkinligini aytdi.
"Biz u bilan ko‘plab masalalarni muhokama qilyapmiz, ammo keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Kim saylovda qatnashishini hozircha hech kim bilmaydi. Nomzodlar ko‘p bo‘lishi mumkin, hatto juda ko‘p. Balki umuman hech kim nomzodini qo‘ymas. Vens ham saylovda qatnashmasligi mumkin", — dedi Tramp.