Toshkent metropoliteniga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdlari olib kelindi.
Ushbu poyezdlar belgilangan yo‘riqnomaga asosan 9−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.
2025 yil yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida: Metropoliten 2024 yil 31 dekabrda 3 ta “Metrovagonmash” (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan poyezd olganini e’lon qilgan edi.