Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkent ko‘chalaridan biriga Otaturk nomi berilishi mumkin

Toshkent ko‘chalaridan biriga Otaturk nomi berilishi mumkin

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Tomonlar hamkorlik va O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi, deya xabar qilmoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Shavkat Umurzoqov o‘zbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Turkiya diplomatik korpusining ushbu aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishdagi hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Olgan Bekar, o‘z navbatida, uning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini ma’lum qildi. Elchi avval muhokama qilingan masalalar — turk maktabini kengaytirish, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berish hamda Toshkent shahrida Turk bog‘ini tashkil etish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.

Xabarda aynan qaysi ko‘cha Otaturk sharafiga atalishi ochiqlanmagan.

mustafo kamol otaturk, turkiya

Uchrashuv yakunida taraflar o‘zaro muloqotni davom ettirish hamda har ikki davlat uchun manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.

Kiritildi: 18:35 06.02.2025. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!