Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent kelajakni shakllantiradigan g‘oyalar va texnologiyalar maydoniga aylandi

Toshkent kelajakni shakllantiradigan g‘oyalar va texnologiyalar maydoniga aylandi

School 21 Tashkent kampusida INNOVATIVE AI HACKATHON 2025 bo‘lib o‘tdi. Tadbir International Coding Academy, School 21, IT Park Uzbekistan va University of Münster tomonidan tashkil etildi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Germaniya, Kipr va boshqa mamlakatlar Toshkentda birlashdi.

Ikki kun davomida turli mamlakatlardan kelgan jamoalar sun’iy intellekt va dizayn tafakkuri metodologiyasidan foydalangan holda global chaqiriqlar ustida ishladi. Xakaton mavzusi - BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va ularga erishish uchun sun’iy intellektdan foydalanish.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, xakatonning vazifasi nafaqat g‘oyalar tanlovi, balki real yechimlar uchun sun’iy intellektni qo‘llashga tayyor xalqaro hamjamiyatni shakllantirishdan iborat. Bu tajriba almashish, hamkorlar topish va Markaziy Osiyoda yangi loyihalar uchun ilhom olish imkoniyatidir.

Kiritildi: 20:22 25.09.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!