Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 58-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev aholiga yer ajratish eng qiyin, muammoli va og‘riqli masala ekanini ta’kidladi, deya xabar qildi "kun.uz".
“Tadbirkorlarga, aholiga yer ajratish eng bosh og‘riqli masalalardan biri. Bu borada mendan oldingi hokimlar ham qiynalgan, men ham qiynalyapman, mendan keyingilari ham qiynaladi. Yerni deputatlarning mahalliy kengashlari qarori asosida berish tartibini joriy qilish lozim”, ─ deydi Ortiqxo‘jayev.
Ma’lum qilinishicha, bosh vazir qabulxonasiga tadbirkorlardan tushayotgan murojaatlarning 30 foizdan ortig‘ini yer ajratish bilan bog‘liq muammolar tashkil etadi.