Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent yer usti halqa yo‘li metrosi 18 oktyabrdan qayta ishga tushadi

Toshkent yer usti halqa yo‘li metrosi 18 oktyabrdan qayta ishga tushadi

Profilaktik ishlarining yakuniy bosqichi amalga oshirilayotganini inobatga olib, yaqin muddat ichida ushbu yo‘nalish o‘z faoliyatini qayta tiklaydi.

Jumladan, metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) bir muddat harakatlanadi.

Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli o‘tib, ijobiy xulosa qayd qilinganidan so‘ng, «O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi taxminan joriy yilning 18 oktyabr sanasidan odatdagi tartibda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUKning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida qo‘shimcha rasmiy xabar beriladi.

Kiritildi: 22:50 01.10.2025. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!