Toshkent viloyatining ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori tezligi 80 km/soatgacha tushiriladi. Bu bo‘yicha 2 fevral kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining tegishili qarori qabul qilindi.
2025 yilda viloyatdagi D 012 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 19−74 km oralig‘ida belgilangan tezlikka amal qilinmagani oqibatida 63 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, 15 kishi vafot etgan va 50 kishi tan jarohati olgan.
YTHlarning oldini olish, fuqarolar va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun aholi yashash hududidan tashqari qismida transport vositalarining yuqori harakatlanish tezligini kamaytirish 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (80 km/soat) yo‘l belgilarini o‘rnatish zarurati yuzaga kelayotgani qayd etildi.
Shundan kelib chiqib, xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 6 ta aholi yashash joyidan tashqari qismida harakat tezligini 100 km/soatdan 80 km/soatgacha kamaytirish taklifi ma’qullandi.
Gap Yuqori Chirchiq va Bo‘stonliq tumanlari hududidan o‘tuvchi yo‘lning 19−20 km, 44−45 km, 49−50 km, 61−62 km, 64−65 km hamda 71−74 km oralig‘idagi qismlari haqida bormoqda. Quyida ro‘yxati keltirilgan: