Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda yo‘l haqini to‘lamaganlarni aniqlash bo‘yicha kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmoqda.
Yil boshidan buyon 146 ming 537 ta bayonnoma tuzilgan:
➖ yanvar–oktyabrda — 138 ming 780 ta (shundan oktyabrning o‘zida — 25 ming 596 ta);
➖ 1–9 noyabrda — 7 ming 757 ta, ya’ni kuniga o‘rtacha 862 ta.
Vazirlik yo‘lovchilarni jamoat transportida belgilangan qoidalarga rioya qilishga va yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashga chaqirdi.