Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent atrofidagi issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi

Toshkent atrofidagi issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi

Toshkent va atrof hududlardagi issiqxonalar tabiiy gaz va issiqlik bilan ta’minlanmoqda, 168 ta xo‘jalik bilan shartnomalar tuzildi.

Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Prezidentning 24 noyabr kuni qabul qilingan PF–229-son farmoniga muvofiq, Toshkent shahri va unga yaqin hududlarda joylashgan issiqxona xo‘jaliklarini tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzish jarayoni yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur topshiriq asosida «Hududgazta’minot» AJ tomonidan xo‘jaliklar bilan uch tomonlama shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Hozirgacha Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilgan 68 ta issiqxona xo‘jaligi bilan (jami 173,1 gektar maydon) tabiiy gaz yetkazib berishga oid shartnomalar tuzilgan va gaz ta’minoti boshlangan.

Shuningdek, Zangiota tumanidagi 34 ta hamda Qibray tumanidagi 66 ta issiqxona xo‘jaligi bilan issiqlik energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilgan. Hozirda ushbu issiqxonalarga belgilangan tartibda issiqlik energiyasi yetkazilmoqda.

Tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan barcha issiqxona ob’ektlari «zangori yoqilg‘i» bilan uzluksiz va me’yor doirasida ta’minlanayotgani bildirildi.

Kiritildi: Bugun 15:22. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!