Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida o‘qitishning dual ta’lim shakli joriy etiladi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida o‘qitishning dual ta’lim shakli joriy etiladi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ta’lim tizimi samaradorligi oshiriladi.

“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integrasiyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-209-son, 01.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Universitet faoliyatida erishiladigan asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 dual ta’lim shaklini to‘liq joriy qilish orqali ta’lim jarayonlarining amaliyot bilan integrasiyasini ta’minlash;

🔹 ilmiy salohiyatni eksport qilish doirasida 2028 yil yakunigacha Universitet brendini shakllantirib, xorijiy davlatlardan kamida 1 000 nafar talabani jalb qilish.

🔗 2025/2026 o‘quv yilidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida o‘qitishning dual ta’lim shakli joriy etiladi.

✔️ Dual ta’lim dasturi kredit-modul tamoyili asosida quyidagilarda o‘tkaziladi:

🔸 1-kurs talabalari uchun – ta’lim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;

🔸 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – ta’lim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida.

Kiritildi: 18:58 01.07.2025. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!