Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Toshkent aeroportida Tailanddan kelgan 4 kg g‘ayrioddiy "shirinliklar" aniqlandi

Toshkent aeroportida Tailanddan kelgan 4 kg g‘ayrioddiy "shirinliklar" aniqlandi

Toshkent aeroportida 4,4 kg sintetik narkotik musodara qilindi.

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xorijdan olib kelingan katta miqdordagi giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi.

Jumladan, “Bangkok – Sharja – Toshkent” aviayo‘nalishida mamlakatimizga kelgan 1994 y.t. Qozog‘iston Respublikasi fuqarosining qo‘l sumkalari Toshkent xalqaro aeroportida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, 8 dona turli xil shirinliklar paketlari va 5 dona plastmassa idishlar ichida jami 4,4 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, internetdagi narkodo‘kon boshqaruvchisi topshirig‘iga ko‘ra, ushbu ajal og‘usini poytaxtdagi mehmonxonalardan birida Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 2006 y.t. shaxsga bergan vaqtida u ham qo‘lga olindi.

Tekshiruv jarayonida mahalliy fuqaro yonida pnevmatik pistolet borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:25 29.07.2026. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!