2021 yilgi MasterChef Türkiye oshpazlik tanlovi g‘olibi Eren Kashikchi o‘z uyida o‘lik holda topildi.
Bu haqda Sözcü gazetasi xabar berdi.
Kızıl Sakal (Qizil soqol) laqabi bilan mashhur bo‘lgan taniqli oshpaz Turkiyaning Istanbul shahridagi uyida vafot etdi. Kashikchining qarindoshlari xavotirga tushib, u bilan bir muddat bog‘lana olmaganidan keyin uning uyiga borishdi.
U hushsiz holda topildi. Tez yordam brigadasi voqea joyiga yetib kelib, uni o‘lgan deb e’lon qildi.
Huquqni muhofaza qilish organlari bu masala bo‘yicha tergov olib bormoqda. O‘lim sababi sud-tibbiy ekspertiza va tergov jarayonlari yakunlangandan so‘ng aniqlanadi.