Hodisaga guvoh bo‘lganlar yorqin chaqnash va kuchli gumburlash bilan harakatlangan meteorni videoga olgan.
Fireballs Aotearoa meteorlarni kuzatish xizmati ham ushbu hodisani qayd etgan. Hozir mutaxassislar kuzatuv kameralari yozuvlari orqali meteorning parvoz yo‘nalishini o‘rganmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, meteor atmosferaga juda past balandlikda kirgan. Shu sababli uning ayrim bo‘laklari yerga tushgan bo‘lishi mumkin.