Bugun 30 iyul, 2026 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston—O‘zbekiston chegarasida yerosti tunneli aniqlandi

Qirg‘iziston—O‘zbekiston chegarasida yerosti tunneli aniqlandi

Qirg‘izistonning Botken viloyatida O‘zbekiston bilan chegarada kontrabanda uchun ishlatilgani taxmin qilinayotgan tunnel topildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga tayanib 24.kg xabar berdi.

Ekstremizm va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish xizmati xodimlariga tunnel haqida ma’lumot kelib tushgan. Ushbu tunnel chegara hududida tovarlarni noqonuniy olib o‘tish uchun qurilgani ma’lum qilingan.

Shundan so‘ng Qadamjoy tumani Chechelik qishlog‘i Mamajanov ko‘chasida joylashgan tashlandiq uyda tekshiruv o‘tkazilgan va qo‘shni davlatga olib boruvchi tunnel aniqlangan. Uning chuqurligi taxminan 12 metr, kengligi esa 1,5 metrni tashkil etgan. Hozirda Botken viloyati IIB Tergov xizmati tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:42. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!