Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning o‘tgan mavsumdagi qiyinchiliklari haqida fikr bildirdi.
"Qaymoqranglilar" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "PSJ"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:4).
"Jamoa uchun bir butun bo‘lib himoyalanish juda muhim - shunda u to‘pni qaytarishga urinayotganda ko‘proq kuchga ega bo‘ladi. Agar bunday bo‘lmasa, raqib ortidan tinimsiz yugurishga to‘g‘ri keladi. Siz pressing qila olmaysiz, chunki raqib bu pressingni sindiradi, chuqur himoyaga o‘ta olmaysiz, chunki bunday o‘ynashga o‘rganmagansiz. Bu "Real"ning o‘tgan mavsumdagi asosiy muammosi," - deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.