“Bajarib bo‘lmas topshiriq” kartinasining yangi qismini suratga olish ishlari qizg‘in pallaga kirgan, Tom Kruz esa film ijodkorlari hamda xodimlarga tobora ko‘proq bosim o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda “Wion”.
Ta’kidlanishicha, filmni suratga olish Buyuk Britaniyadan BAAga ko‘chib o‘tgandan so‘ng aktyor jamoa uchun haqiqiy dahshatga aylangan.
Gap shundaki, COVID-19 pandemiyasi paytida “Bajarib bo‘lmas topshiriq 7” filmini suratga olish to‘xtatilgan va endi filmga katta miqdorda mablag‘ kiritgan Tom Kruz uni imkon qadar tezroq yakunlamoqchi.
Gazetaning yozishicha, u har qanday sharoitda ham bunga tayyor.
"Tom o‘z ishiga juda mehr qo‘ygan va unga hech narsa xalaqit bera olmaydi. U eng qat’iyatli odam. Bu juda yaxshi, ammo boshqalar uchun dahshatli tushning o‘zginasi", deya ma’lum qilgan kimligini oshkor etishni istamagan manba.