Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

“Tolibon” Xalqaro sud prokurorining ayblovlariga munosabat bildirdi

“Tolibon” Xalqaro sud prokurorining ayblovlariga munosabat bildirdi

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xonning yetakchi Haybatulloh Oxundzoda va oliy sud raisi Abdul Hakim Haqqoniyga nisbatan hibsga olish orderi so‘rash qarorini qoraladi.

“Tolibon” tashqi ishlar vazirligi bayonotida XJS dunyoga inson huquqlarining “o‘ziga xos talqinini” tiqishtirishni to‘xtatishi lozimligini ta’kidladi. Bayonotda tashkilotning bu kabi harakatlari Afg‘oniston xalqining diniy va milliy qadriyatlarini inkor etish sifatida baholangan.

“XJS dunyoga inson huquqlarining maxsus talqinini tiqishtirmasligi, boshqa xalqlarning qadriyatlarini inkor etmasligi lozim”, – deyiladi bayonotda.

Shuningdek, vazirlik XJSning bu harakatlarini “noqonuniy” deb atadi va tashkilotning shu kungacha zaif bo‘lgan obro‘siga putur yetkazuvchi omil sifatida baholadi.

Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon avvalroq Haybatulloh Oxundzoda va Abdul Hakim Haqqoniyni afg‘onistonlik qizlar va ayollarni, shuningdek, gender tenglik talablariga zid shaxslarni ta’qib qilganlikda ayblagan edi. Uning fikricha, bu ta’qiblar kamida 2021 yil 15 avgustdan buyon davom etib kelmoqda.

Kiritildi: 20:12 26.01.2025. O'qildi: 2233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!